Stomatologiya Bo‘yicha Foydali Maqolalar

Tish salomatligi, zamonaviy davolash usullari va to‘g‘ri parvarish haqida foydali maqolalarni o‘qing. Mutaxassislarimiz tavsiyalari orqali sog‘lom va chiroyli tabassumni saqlashni o‘rganing.

Breketdan keyin tishlar yana qiyshayadimi?

Breketdan keyin tishlar yana qiyshayadimi?

Ko‘pchilikni qiziqtiradigan savol: breket yechgandan keyin tishlar yana qiyshayib ketishi mumkinmi? Javob: ha, qiyshayishi mumkin. Lekin to‘g‘ri parvarish va stomatolog tavsiyalariga amal qilinsa, tishlarni uzoq vaqt davomida tekis holatda saqlab qolish mumkin. 1. Reteiner — natijani saqlab qoluvchi eng muhim bosqich Breket yechilgandan keyin eng muhim narsa — reteiner o‘rnatish. Reteinerning vazifasi: tishlarni yangi holatda mustahkamlab turadi qiyshayib ketishning oldini oladi erishilgan natijani saqlab qoladi 👉 Agar reteiner taqilmasa, tishlar asta-sekin eski holatiga qaytishi mumkin. 2. Muntazam stomatolog ko‘rigidan o‘tish Ko‘pchilik breket yechgandan keyin stomatologga borishni to‘xtatadi. Bu esa xato. Tavsiya: har 6 oyda kamida 1 marta stomatolog ko‘rigidan o‘ting tishlar holatini nazorat qiling Sababi: organizmda kalsiy yoki D3 yetishmovchiligi bo‘lsa tishlar asta-sekin o‘z joyidan siljishi mumkin 3. Tishlarga zarar beradigan odatlardan saqlaning ❌ tishlarni g‘ichirlash (bruksizm) ❌ qattiq narsalarni tishlash ❌ tishlarga ortiqcha bosim berish 👉 ayniqsa kechasi tish g‘ichirlash juda zararli

Nega tishlar yuvishga qaramay oqarmaydi?

Nega tishlar yuvishga qaramay oqarmaydi?

Ko‘pchilik shunday deydi: “Tishimni har kuni 2–3 marta yuvaman, lekin baribir oqarib ketmayapti”. Aslida muammo tishni nechta marta yuvishda emas, qanday yuvishda va kundalik odatlarda. Quyida tishlar oqarmaay qolishining eng asosiy sabablari bilan tanishing. 1. Noto‘g‘ri tish yuvish texnikasi Ko‘pchilik tishlarini juda tez — 30–40 soniyada yuvib chiqadi. Bu esa yetarli emas. Muhimi: tishni kamida 2–3 daqiqa yuvish to‘g‘ri texnikadan foydalanish ❌ Xato usul: Cho‘tkani chapga-o‘ngga “arralagandek” harakatlantirish 👉 Bu tish emalini yemiradi va sarg‘ayishni kuchaytiradi ✅ To‘g‘ri usul: Cho‘tkani milkdan tishga qarab supurgandek harakatlantirish 👉 Bu tishlarni samarali tozalaydi va zarar bermaydi 2. Oziqlanish va kislota ta’siri Tishlarning rangi nafaqat gigiyenaga, balki ovqatlanish odatlariga ham bog‘liq. Quyidagilar tish sarg‘ayishiga olib keladi: shirin choy va shakarli ichimliklar gazli ichimliklar tez-tez shirinlik iste’mol qilish 👉 Ayniqsa tish yuvgandan keyin shirin yoki gazli ichimlik ichish tishlarni kislota hujumiga uchratadi 3. Tish orasini tozalamaslik Ko‘pchilik bilmaydi: 👉 Tish cho‘tkasi tishlarning faqat 60% qismini tozalaydi Qolgan joylar: tish orasida qiyin yetiladigan hududlarda 👉 aynan shu joylarda kariyes boshlanadi

Breket va elayner o‘rtasidagi asosiy farq

Breket va elayner o‘rtasidagi asosiy farq

Tishlarni tekislashda eng ko‘p qo‘llaniladigan usullar — bu breket va elayner (kappa). Ko‘pchilikni qiziqtiradigan savol: qaysi biri yaxshiroq, qulayroq va qimmatroq? Quyida ularni oddiy va tushunarli qilib solishtirib beramiz. Qaysi biri qimmatroq? Breket ham qimmat bo‘lishi mumkin, lekin uning narxi odatda oldindan aniq belgilanadi. Elayner esa boshqacha: har bir bemor uchun individual tayyorlanadi nechta kappa kerak bo‘lishiga qarab narx o‘zgaradi 👉 Shuning uchun elayner narxini oldindan aniq aytish qiyin, u diagnostikadan keyin belgilanadi. Qaysi biri ko‘proq parvarish talab qiladi? 👉 Breket ko‘proq e’tibor talab qiladi Sababi: ovqat qoldiqlari breket orasida qolib ketadi har ovqatdan keyin yaxshilab tozalash kerak Elaynerda esa: ovqat yeganda yechib qo‘yiladi keyin yana taqiladi 👉 Shu sabab elayner gigiyena jihatidan qulayroq Qaysi biri tezroq natija beradi? 👉 Elayner tezroq natija berishi mumkin Chunki: bosim bir tekis taqsimlanadi bemor to‘g‘ri taqsa, jarayon tezlashadi Qaysi biri qulayroq? 👉 Bu bemorga bog‘liq Agar bemor: intizomli bo‘lsa elaynerni vaqtida taqsa 👉 Elayner juda qulay Lekin: 👉 Breket: doimiy turadi bemor unutib qo‘ymaydi mutaxassis nazoratida bo‘ladi Qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz? Ko‘pchilik elaynerni qulayligi uchun tanlaydi. Lekin hozirgi zamonaviy breketlar ham juda rivojlangan: o‘zini sozlovchi (self-ligating) keramika breketlar og‘riqsiz va kam seziladi tashqi ko‘rinishda deyarli bilinmaydi 👉 Eng muhimi — bemor 2 oyda bir marta ko‘rikka kelib turishi kifoya

Kariesni vaqtida davolamasangiz nima bo‘ladi?

Kariesni vaqtida davolamasangiz nima bo‘ladi?

Ko‘pchilik tishidagi kichik qora dog‘ni e’tiborsiz qoldiradi. Lekin aynan shu kichik karies vaqt o‘tishi bilan katta muammoga aylanadi. Dentista mutaxassislari ta’kidlashicha, kariesni vaqtida davolamaslik nafaqat og‘riq, balki katta moliyaviy xarajatga ham olib keladi. 1-bosqich: Oddiy davolash (plomba) Agar karies hali boshlang‘ich bosqichda bo‘lsa: 👉 oddiy plomba bilan davolanadi 👉 tez va og‘riqsiz 💰 Narxi: 500 000 so‘m atrofida 2-bosqich: Kanal davolash Agar karies chuqurlashsa: 👉 nerv zararlanadi 👉 kanal davolash talab qilinadi 👉 Bu bosqich murakkabroq 💰 Narxi: 1 200 000 so‘m atrofida 3-bosqich: Karonka qo‘yish Agar tishning katta qismi yemirilsa: 👉 oddiy plomba yetarli bo‘lmaydi 👉 karonka qo‘yish kerak bo‘ladi 💰 Narxi: 2 500 000 so‘m atrofida 4-bosqich: Implantatsiya — eng qimmat yechim Agar tishni saqlab qolish imkoni bo‘lmasa: 👉 implant qo‘yiladi 👉 implant: ~4 500 000 so‘m 👉 ustki karonka: ~2 500 000 so‘m 💰 Umumiy: 7 000 000 so‘m+

Bo‘ri tish chiqib qolgan bo‘lsa nima qilish kerak?

Bo‘ri tish chiqib qolgan bo‘lsa nima qilish kerak?

Ko‘pchilik yuqori jag‘da chiqib turgan bo‘ri tish (it tishi)ni ko‘rib, uni oldirish kerak deb o‘ylaydi. Lekin Dentista mutaxassislari tavsiya qiladi: 👉 bo‘ri tishni shoshilib oldirish to‘g‘ri qaror emas Nega bo‘ri tishni oldirmaslik kerak? Bo‘ri tishlar: eng mustahkam tishlardan biri chaynashda muhim rol o‘ynaydi tabassum shakliga ta’sir qiladi 👉 Shu sabab ularni saqlab qolish muhim Muammo nimada? Asl muammo: 👉 tish emas, jag‘ torligi Agar jag‘ tor bo‘lsa: tishlarga joy yetmaydi bo‘ri tish tashqariga chiqadi Zamonaviy yechim Bugungi ortodontiyada 👉 tishni oldirish emas, joy ochish muhim Buning uchun: MCE apparati mikro implantlar ortodontik tizimlar 👉 Natijada tish o‘z joyiga tushadi Davolash qanday boshlanadi? 3D rentgen (CBCT) panoramik surat (OPG) individual ko‘rik 👉 Shundan keyin davolash rejasi tuziladi

Arzon breket tanlash nimaga olib keladi?

Arzon breket tanlash nimaga olib keladi?

Ko‘pchilik breket tanlashda avvalo narxga e’tibor beradi. Lekin ortodontiyada arzon tanlov ko‘pincha keyinchalik muammolarga olib keladi. Arzon breket tanlagan bemorlar: qo‘shimcha xarajatlar uzoq davolash muddati qayta davolanish 👉 Ba’zilar hatto breket bilan, lekin natijasiz kelmoqda Nega bunday bo‘ladi? 👉 Sabab — noto‘g‘ri rejalashtirish Ortodontiyada eng muhim bosqich: 👉 individual davolash rejasi davolash 1–1,5 yilga rejalashtiriladi har bosqich oldindan hisoblanadi tish va jag‘ chuqur tahlil qilinadi 👉 Breket o‘zi yetarli emas Arzon davolash oqibatlari ❌ noto‘g‘ri tishlash ❌ davolash cho‘zilishi ❌ qayta breket ❌ ortiqcha xarajat Tish sug‘urish har doim kerakmi? 👉 Har doim emas jag‘ni kengaytirish mikro implantlar zamonaviy texnikalar 👉 Bu usullar tishni saqlab qoladi Nega sifatli davolash qimmatroq? 👉 Gap narxda emas, natijada ✔️ to‘g‘ri reja ✔️ zamonaviy usullar ✔️ mutaxassis nazorati ✔️ uzoq natija

Qaysi tish pastasi yaxshi va qanday tanlash kerak?

Qaysi tish pastasi yaxshi va qanday tanlash kerak?

Ko‘pchilik “qaysi tish pastasi yaxshi?” degan savol bilan izlaydi va to‘g‘ri tanlashda qiynaladi. Lekin aslida eng yaxshi tish pastasi har kimda turlicha. Dentista mutaxassislari tavsiya qiladi: 👉 tish pastasi tishingiz holatiga mos bo‘lishi kerak Nimaga qarab tanlanadi? Masalan: sezgir tishlar uchun alohida milk muammolari uchun alohida kundalik parvarish uchun alohida Tish pastasi tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? To‘g‘ri tanlash uchun quyidagilarga e’tibor bering: tarkibi (fluor, calcium va foydali komponentlar) tish sezgirligi darajasi milk holati kundalik foydalanish maqsadi 👉 noto‘g‘ri tanlov foyda bermasligi mumkin Qaysi tish pastalari yaxshi va stomatologlar nimani tavsiya qiladi? Quyidagi tish pastalari ko‘pchilik uchun samarali hisoblanadi: R.O.C.S — tish emalini mustahkamlaydi President — kundalik foydalanish uchun mos Marvis — premium sifat Sensodyne — sezgir tishlar uchun ideal Oral-B — universal variant Miswak — tabiiy tarkibli Dr. Rashel — yaxshi natija beradi 👉 bu pastalar tish sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlaydi O‘rtacha variantlar Complete Care — oddiy kundalik foydalanish uchun 👉 maxsus muammo bo‘lmasa ishlatish mumkin Qaysi tish pastalari hamma uchun mos kelmaydi? Ba’zi tish pastalari reklama qilinadi, lekin hamma uchun mos kelavermaydi: Colgate Aquafresh Lesnoy Balsam Parodontax 👉 noto‘g‘ri tanlangan tish pastasi: emalni zaiflashtirishi foyda bermasligi muammoni kuchaytirishi Tish pastasi tanlashda eng muhim qoida 👉 Eng yaxshi tish pastasi — bu sizga mos keladigan pastadir Har bir insonda: tish sezgirligi turlicha milk holati har xil emal mustahkamligi farq qiladi Ko‘p so‘raladigan savollar (FAQ) Qaysi tish pastasi yaxshi?— Tish holatiga qarab tanlanadi. “Eng zo‘r” bitta pasta yo‘q. Sezgir tishlar uchun qaysi pasta yaxshi?— Sensodyne kabi maxsus pastalar tavsiya etiladi. Har kuni bir xil pasta ishlatsa bo‘ladimi?— Ha, agar u sizga mos bo‘lsa. Oqartiruvchi tish pastasi foydalimi?— Ba’zi hollarda, lekin noto‘g‘ri ishlatilsa emalga zarar berishi mumkin.

To‘y oldidan breket qo‘ydirish mumkinmi?

To‘y oldidan breket qo‘ydirish mumkinmi?

Ko‘pchilik “to‘y oldidan breket qo‘ydirish mumkinmi” degan savol bilan ikkilanadi va to‘g‘ri qaror qilishda qiynaladi. “To‘yim yaqin, breket qo‘ydirsam bo‘ladimi?” Dentista mutaxassislari javobi: albatta, mumkin. Eng muhimi — davolashni to‘g‘ri rejalash. Breket qo‘ydirishdan oldin qanday tayyorgarlik qilish kerak? Ortodontik davolashdan oldin quyidagilar muhim: karieslarni davolash, kerak bo‘lsa tish olib tashlash, og‘iz bo‘shlig‘ini to‘liq tekshirtirish. bu bosqichlar natijaga katta ta’sir qiladi. Breket qo‘ydirgandan keyin davolashni davom ettirish mumkinmi? Ha, mumkin. Breket bilan kundalik hayot davom etadi, nazorat va korreksiyalar muntazam olib boriladi, davolash jarayoni uzluksiz davom etadi. bu jarayon xavfsiz hisoblanadi. Qaysi breket yaxshiroq: metall, keramik yoki safir? Metall breket — eng arzon variant, lekin ko‘rinadi. Keramik breket — tish rangiga yaqin, kamroq bilinadi. Safir breket — deyarli ko‘rinmaydi, estetik jihatdan eng chiroyli. to‘y oldidan eng yaxshi tanlov — keramik yoki safir breketlar. Eng ko‘p uchraydigan xato metall breket qo‘ydirib, keyin vaqtincha yechmoqchi bo‘lish. ❌ lekin breket yechib-taqiladigan tizim emas. bu jarayon faqat shifokor nazoratida amalga oshiriladi.

Breket narxi nimaga bog‘liq?

Breket narxi nimaga bog‘liq?

Ko‘pchilik shunday savol beradi: “Nega ba’zi joylarda breket arzon, boshqalarda esa qimmatroq?” Bu yerda muhim narsani tushunish kerak: breket qo‘ydirish — bu oddiy apparat o‘rnatish emas, balki kompleks davolash jarayoni. Ya’ni siz faqat breket emas, balki: shifokor tajribasi, to‘g‘ri diagnostika, individual yondashuv, yakuniy natija uchun to‘layapsiz. Breket narxi qancha va nimaga qarab o‘zgaradi? Breket narxi quyidagi omillarga bog‘liq: shifokorning tajribasi, klinikaning darajasi, ishlatiladigan texnologiyalar, diagnostika sifati, beriladigan kafolat. shu sababli narxlar har joyda turlicha bo‘ladi. Arzon breket xavflimi? Ko‘pincha quyidagi holat uchraydi: arzon breket qo‘ydirgan bemorlar keyinchalik qayta murojaat qiladi. Sabablari: noto‘g‘ri qo‘yilgan tizim, yetarli diagnostika qilinmagan, individual reja tuzilmagan, tajriba yetishmasligi. natijada davolashni boshidan boshlashga to‘g‘ri keladi, bu esa vaqt va xarajatni oshiradi. To‘g‘ri ortodontik davolash qanday bo‘ladi? Sifatli davolash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: to‘liq diagnostika (rentgen, foto protokol), individual davolash rejasi, muntazam nazorat va korreksiya, estetik va funksional natija. bu oddiy breket qo‘yish emas. Faqat tish emas, butun yuz bilan ishlash Zamonaviy ortodontiyada: faqat tishlarni tekislash emas, balki: yuz simmetriyasi, jag‘ holati, umumiy estetika ham hisobga olinadi. bu esa natijani yanada mukammal qiladi.

Viner hamma uchun mos keladimi?

Viner hamma uchun mos keladimi?

Ko‘pchilik “viner qo‘yish mumkinmi” degan savol bilan qidiradi. “Pul bo‘lsa — viner qo‘yib chiroyli tabassum qilish mumkin” Lekin bu noto‘g‘ri fikr. Viner har doim ham hamma uchun to‘g‘ri kelavermaydi. Qachon viner qo‘yish mumkin emas? Amaliyotimizda shunday holat bo‘ldi: bemor viner qo‘ydirish istagi bilan murojaat qildi. Tekshiruv davomida: milklar cho‘kkan, tish bo‘yin qismi ochilgan, tish sezuvchanligi yuqori, emal qatlami yemirilgan. bu holatda viner qo‘yish tibbiy jihatdan noto‘g‘ri. Nega viner qo‘yilmadi? Chunki asosiy muammo hal qilinmagan. Agar bu holatda viner qo‘yilsa: og‘riq kuchayadi, tish holati yomonlashadi, natija uzoq muddatga yetmaydi. ya’ni bemorga zarar yetadi. To‘g‘ri yechim qanday tanlandi? Bemor uchun individual davolash rejasi tuzildi: muammoli tishlar olib tashlandi, darhol implantatsiya amalga oshirildi. bu eng to‘g‘ri klinik qaror bo‘ldi. Davolash bosqichlari 1️⃣ Implantlar o‘rnatildi, 2️⃣ 2 oy davomida suyak bilan birikdi, 3️⃣ Rentgen orqali nazorat qilindi. Vaqtinchalik kronkalar nima uchun kerak? bemorning hayot sifatini saqlash uchun. Bizda: ✔️ har bir tish uchun alohida kronka tayyorlanadi. Bu gapirishni osonlashtiradi, ovqat yeyishni yaxshilaydi va estetikani saqlaydi. Yakuniy natija Davolash yakunida: old tishlarga E-max kronkalar, orqa tishlarga zirkon kronkalar. Umumiy: 4 ta implant, 8 ta zirkon kronka, 20 ta E-max kronka. bemor sog‘lom va chiroyli tabassumga ega bo‘ldi.

Breket nima uchun kerak?

Breket nima uchun kerak?

Ko‘pchilik “breket foydalimi?” yoki “breket nima uchun kerak?” degan savol bilan qidiradi. “Breket qo‘ysam, faqat tishlarim tekis bo‘ladi” deb o‘ylashadi. Lekin bu noto‘g‘ri tushuncha. Breket faqat tishlarni tekislash uchun emas, balki butun jag‘ tizimini to‘g‘rilash uchun kerak. Breket qanday ishlaydi? Breketlar asta-sekinlik bilan tishlarni to‘g‘ri joylashtiradi, jag‘ strukturasini muvozanatga keltiradi, noto‘g‘ri prikusni tuzatadi. bu jarayon sekin va tabiiy tarzda amalga oshadi. Breketning foydasi nimada? Breketning asosiy foydasi: jag‘ga tushadigan yukni to‘g‘ri taqsimlaydi, chaynashni muvozanatga keltiradi, tishlar orasiga ovqat tiqilib qolishini kamaytiradi, tish va milk muammolarining oldini oladi. bu esa umumiy og‘iz sog‘lig‘ini yaxshilaydi. Tish va milk sog‘lig‘iga ta’siri Noto‘g‘ri joylashgan tishlar milk yallig‘lanishiga, suyak yemirilishiga, karies paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Breket bilan davolash bu muammolarni oldini olishga yordam beradi. Nega breket bilan davolash uzoq davom etadi? Ko‘pchilik so‘raydi: “Nega breket bilan davolash uzoq vaqt oladi?” Sababi: jarayon sekin va xavfsiz, organizmga moslashgan holda amalga oshadi. shu sababli natija: uzoq muddatli, barqaror, tabiiy. Breket — bu investitsiya Breket: faqat vaqtinchalik chiroy emas, balki kelajakdagi sog‘liq. bu: to‘g‘ri jag‘, sog‘lom tishlar, chiroyli tabassum. Xulosa breket faqat tish tekislash emas, jag‘ va chaynash tizimini yaxshilaydi, sog‘lom kelajak uchun muhim. Eng muhimi: breket — bu sog‘liq uchun investitsiya. Ko‘p so‘raladigan savollar (FAQ) Breket foydalimi?— Ha, u tishlar, jag‘ va umumiy sog‘liq uchun foydali. Breket nima uchun kerak?— Tishlarni tekislash va prikusni to‘g‘rilash uchun. Breket faqat chiroy uchunmi?— Yo‘q, u sog‘liq uchun ham juda muhim.

Sog‘lom tabassum sari birinchi qadam

Bepul ko‘rikdan o‘ting va sizga mos davolash rejasini bilib oling.

DENTISTA
Professional Dental Clinic