Ko‘pchilik shunday savol beradi: “Nega ba’zi joylarda breket arzon, boshqalarda esa qimmatroq?” Bu yerda muhim narsani tushunish kerak: breket qo‘ydirish — bu oddiy apparat o‘rnatish emas, balki kompleks davolash jarayoni. Ya’ni siz faqat breket emas, balki: shifokor tajribasi, to‘g‘ri diagnostika, individual yondashuv, yakuniy natija uchun to‘layapsiz.
Breket narxi qancha va nimaga qarab o‘zgaradi? Breket narxi quyidagi omillarga bog‘liq: shifokorning tajribasi, klinikaning darajasi, ishlatiladigan texnologiyalar, diagnostika sifati, beriladigan kafolat. shu sababli narxlar har joyda turlicha bo‘ladi.
Arzon breket xavflimi? Ko‘pincha quyidagi holat uchraydi: arzon breket qo‘ydirgan bemorlar keyinchalik qayta murojaat qiladi. Sabablari: noto‘g‘ri qo‘yilgan tizim, yetarli diagnostika qilinmagan, individual reja tuzilmagan, tajriba yetishmasligi. natijada davolashni boshidan boshlashga to‘g‘ri keladi, bu esa vaqt va xarajatni oshiradi.
To‘g‘ri ortodontik davolash qanday bo‘ladi? Sifatli davolash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: to‘liq diagnostika (rentgen, foto protokol), individual davolash rejasi, muntazam nazorat va korreksiya, estetik va funksional natija. bu oddiy breket qo‘yish emas.
Faqat tish emas, butun yuz bilan ishlash Zamonaviy ortodontiyada: faqat tishlarni tekislash emas, balki: yuz simmetriyasi, jag‘ holati, umumiy estetika ham hisobga olinadi. bu esa natijani yanada mukammal qiladi.






