stomotologiya toshkentTOSHKENTDAGI STOMOTOLOGIYA KLINIKASI

Mukammal Tabassum
Shu Yerdan

Dentista — Toshkentdagi zamonaviy stomatologiya klinikasi. Tish davolash, implantatsiya va breket xizmatlari orqali sog‘lom va chiroyli tabassum yaratamiz.

Dentist

Stomatolog qabul vaqti

24/7

STOMATOLOGIYA XIZMATLARI

Biz sizga taklif qilamiz

Zamonaviy texnologiyalar va tajribali stomatologlar yordamida tish davolash, implantatsiya va estetik xizmatlarni og‘riqsiz va sifatli amalga oshiramiz.

stomotologiya toshkent

Breket qo‘yish

Tishlarni tekislash uchun zamonaviy breket tizimlarini taklif qilamiz. Klinikamizda metall, keramik, safir va boshqa turdagi breketlar o‘rnatiladi.

Batafsilstomotologiya toshkent

stomotologiya toshkent

Tish implantatsiyasi

Yo‘qolgan tishlarni zamonaviy implantlar yordamida tiklaymiz. Implantatsiya jarayoni tajribali stomatologlar tomonidan xavfsiz va sifatli amalga oshiriladi.

Batafsilstomotologiya toshkent

stomotologiya toshkent

Tish davolash

Karies, tish og‘rig‘i va boshqa muammolarni zamonaviy uskunalar yordamida samarali davolaymiz. Har bir bemor uchun individual davolash rejasi tuziladi.

Batafsilstomotologiya toshkent

stomotologiya toshkent

Bolalar stomatologiyasi

Bolalar uchun maxsus yondashuv bilan og‘riqsiz va qulay davolash xizmatlari. Shifokorlarimiz kichkintoylar bilan ehtiyotkorlik bilan ishlaydi.

Batafsilstomotologiya toshkent

KO'RINADIGAN NATIJALAR

Tabassumdagi o‘zgarishlarni o‘zingiz ko‘ring

Bizning stomatologiya xizmatlarimiz yordamida ko‘plab bemorlar sog‘lom va chiroyli tabassumga erishdi.

stomotologiya toshkent
Oldin
Hozir
stomotologiya toshkent
Oldin
Hozir
stomotologiya toshkent
Oldin
Hozir
stomotologiya toshkent
Oldin
Hozir
stomotologiya toshkent
Oldin
Hozir
stomotologiya toshkent
Oldin
Hozir
stomotologiya toshkent
Oldin
Hozir
stomotologiya toshkent
Oldin
Hozir

Tajribali stomatologlar jamoasi

Tajribali stomatologlarimiz zamonaviy stomatologiya usullari yordamida sifatli va og‘riqsiz davolashni ta’minlaydi.

Negina Shukhratovna

Ortodont stomatolog

Ish tajribasi: 18 yil

Negina Shukhratovna

Jumaniyozov Lazizbek

Implantolog xirurg

Ish tajribasi: 6 yil

Jumaniyozov Lazizbek

Olimova Gulbahor

Terapevt stomatolog

Ish tajribasi: 5 yil

Olimova Gulbahor

Mijozlarimizning fikrlari

Bizning stomatologiya xizmatlarimiz yordamida ko‘plab bemorlar sog‘lom va chiroyli tabassumga erishdi. Zamonaviy usullar va tajribali shifokorlar natijani kafolatlaydi.

test
test
test
test
test
test
test
test
test
test
test
test
test
test
test
test
FAQ

STOMATOLOGIYA SAVOLLARI

Ko‘p So‘raladigan Savollar

Stomatologiya xizmatlari va tish parvarishi bo‘yicha eng ko‘p beriladigan savollarga javoblar.

Tish implantatsiyasi qancha vaqt xizmat qiladi?

-

Tish implantatsiyasi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar bemorning sog‘lig‘i va parvarishiga bog‘liq.

Breket o‘rnatish qancha vaqt davom etadi?

+

Breket bilan davolash odatda 6 oydan 2 yilgacha davom etadi. Davolash muddati tishlarning holati va bemorning individual xususiyatlariga bog‘liq.

Breket o‘rnatish necha yoshdan mumkin va kimlarga tavsiya etiladi?

+

Breket tizimlari odatda 12 yoshdan boshlab qo‘yilishi mumkin. Ammo ayrim hollarda kattalar ham tishlarni tekislash uchun breket o‘rnatishlari mumkin.

Breket o‘rnatish narxi qancha va nimalarga bog‘liq?

+

Breket narxi tanlangan breket turiga (metall, keramika yoki safir) va davolash murakkabligiga qarab farq qiladi. Aniq narx stomatolog ko‘rigidan so‘ng belgilanadi.

Tish plombasi qancha vaqt xizmat qiladi?

+

Tish plombasi material turiga va tish parvarishiga qarab 5–10 yil yoki undan ko‘proq xizmat qilishi mumkin.

STOMOTOLOGIYA BLOGI

Tish parvarishi va stomatologiya bo‘yicha maslahatlar

Ortodontiya

Breketdan keyin tishlar yana qiyshayadimi?

Ko‘pchilikni qiziqtiradigan savol: breket yechgandan keyin tishlar yana qiyshayib ketishi mumkinmi? Javob: ha, qiyshayishi mumkin. Lekin to‘g‘ri parvarish va stomatolog tavsiyalariga amal qilinsa, tishlarni uzoq vaqt davomida tekis holatda saqlab qolish mumkin. 1. Reteiner — natijani saqlab qoluvchi eng muhim bosqich Breket yechilgandan keyin eng muhim narsa — reteiner o‘rnatish. Reteinerning vazifasi: tishlarni yangi holatda mustahkamlab turadi qiyshayib ketishning oldini oladi erishilgan natijani saqlab qoladi 👉 Agar reteiner taqilmasa, tishlar asta-sekin eski holatiga qaytishi mumkin. 2. Muntazam stomatolog ko‘rigidan o‘tish Ko‘pchilik breket yechgandan keyin stomatologga borishni to‘xtatadi. Bu esa xato. Tavsiya: har 6 oyda kamida 1 marta stomatolog ko‘rigidan o‘ting tishlar holatini nazorat qiling Sababi: organizmda kalsiy yoki D3 yetishmovchiligi bo‘lsa tishlar asta-sekin o‘z joyidan siljishi mumkin 3. Tishlarga zarar beradigan odatlardan saqlaning ❌ tishlarni g‘ichirlash (bruksizm) ❌ qattiq narsalarni tishlash ❌ tishlarga ortiqcha bosim berish 👉 ayniqsa kechasi tish g‘ichirlash juda zararli

Tish gigiyenasi

Nega tishlar yuvishga qaramay oqarmaydi?

Ko‘pchilik shunday deydi: “Tishimni har kuni 2–3 marta yuvaman, lekin baribir oqarib ketmayapti”. Aslida muammo tishni nechta marta yuvishda emas, qanday yuvishda va kundalik odatlarda. Quyida tishlar oqarmaay qolishining eng asosiy sabablari bilan tanishing. 1. Noto‘g‘ri tish yuvish texnikasi Ko‘pchilik tishlarini juda tez — 30–40 soniyada yuvib chiqadi. Bu esa yetarli emas. Muhimi: tishni kamida 2–3 daqiqa yuvish to‘g‘ri texnikadan foydalanish ❌ Xato usul: Cho‘tkani chapga-o‘ngga “arralagandek” harakatlantirish 👉 Bu tish emalini yemiradi va sarg‘ayishni kuchaytiradi ✅ To‘g‘ri usul: Cho‘tkani milkdan tishga qarab supurgandek harakatlantirish 👉 Bu tishlarni samarali tozalaydi va zarar bermaydi 2. Oziqlanish va kislota ta’siri Tishlarning rangi nafaqat gigiyenaga, balki ovqatlanish odatlariga ham bog‘liq. Quyidagilar tish sarg‘ayishiga olib keladi: shirin choy va shakarli ichimliklar gazli ichimliklar tez-tez shirinlik iste’mol qilish 👉 Ayniqsa tish yuvgandan keyin shirin yoki gazli ichimlik ichish tishlarni kislota hujumiga uchratadi 3. Tish orasini tozalamaslik Ko‘pchilik bilmaydi: 👉 Tish cho‘tkasi tishlarning faqat 60% qismini tozalaydi Qolgan joylar: tish orasida qiyin yetiladigan hududlarda 👉 aynan shu joylarda kariyes boshlanadi

Ortodontiya

Breket va elayner o‘rtasidagi asosiy farq

Tishlarni tekislashda eng ko‘p qo‘llaniladigan usullar — bu breket va elayner (kappa). Ko‘pchilikni qiziqtiradigan savol: qaysi biri yaxshiroq, qulayroq va qimmatroq? Quyida ularni oddiy va tushunarli qilib solishtirib beramiz. Qaysi biri qimmatroq? Breket ham qimmat bo‘lishi mumkin, lekin uning narxi odatda oldindan aniq belgilanadi. Elayner esa boshqacha: har bir bemor uchun individual tayyorlanadi nechta kappa kerak bo‘lishiga qarab narx o‘zgaradi 👉 Shuning uchun elayner narxini oldindan aniq aytish qiyin, u diagnostikadan keyin belgilanadi. Qaysi biri ko‘proq parvarish talab qiladi? 👉 Breket ko‘proq e’tibor talab qiladi Sababi: ovqat qoldiqlari breket orasida qolib ketadi har ovqatdan keyin yaxshilab tozalash kerak Elaynerda esa: ovqat yeganda yechib qo‘yiladi keyin yana taqiladi 👉 Shu sabab elayner gigiyena jihatidan qulayroq Qaysi biri tezroq natija beradi? 👉 Elayner tezroq natija berishi mumkin Chunki: bosim bir tekis taqsimlanadi bemor to‘g‘ri taqsa, jarayon tezlashadi Qaysi biri qulayroq? 👉 Bu bemorga bog‘liq Agar bemor: intizomli bo‘lsa elaynerni vaqtida taqsa 👉 Elayner juda qulay Lekin: 👉 Breket: doimiy turadi bemor unutib qo‘ymaydi mutaxassis nazoratida bo‘ladi Qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz? Ko‘pchilik elaynerni qulayligi uchun tanlaydi. Lekin hozirgi zamonaviy breketlar ham juda rivojlangan: o‘zini sozlovchi (self-ligating) keramika breketlar og‘riqsiz va kam seziladi tashqi ko‘rinishda deyarli bilinmaydi 👉 Eng muhimi — bemor 2 oyda bir marta ko‘rikka kelib turishi kifoya

Sog‘lom tabassum sari birinchi qadam

Bepul ko‘rikdan o‘ting va sizga mos davolash rejasini bilib oling.

DENTISTA
Professional Dental Clinic