Ko‘pchilik yuqori jag‘da chiqib turgan bo‘ri tish (it tishi)ni ko‘rib, uni oldirish kerak deb o‘ylaydi.
Lekin Dentista mutaxassislari tavsiya qiladi: 👉 bo‘ri tishni shoshilib oldirish to‘g‘ri qaror emas
Nega bo‘ri tishni oldirmaslik kerak?
Bo‘ri tishlar:
- eng mustahkam tishlardan biri
- chaynashda muhim rol o‘ynaydi
- tabassum shakliga ta’sir qiladi
👉 Shu sabab ularni saqlab qolish muhim
Muammo nimada?
Asl muammo: 👉 tish emas, jag‘ torligi
Agar jag‘ tor bo‘lsa:
- tishlarga joy yetmaydi
- bo‘ri tish tashqariga chiqadi
Zamonaviy yechim
Bugungi ortodontiyada 👉 tishni oldirish emas, joy ochish muhim
Buning uchun:
- MCE apparati
- mikro implantlar
- ortodontik tizimlar
👉 Natijada tish o‘z joyiga tushadi
Davolash qanday boshlanadi?
- 3D rentgen (CBCT)
- panoramik surat (OPG)
- individual ko‘rik
👉 Shundan keyin davolash rejasi tuziladi







