Ko‘pchilik shunday deydi: “Tishimni har kuni 2–3 marta yuvaman, lekin baribir oqarib ketmayapti”.
Aslida muammo tishni nechta marta yuvishda emas, qanday yuvishda va kundalik odatlarda.
Quyida tishlar oqarmaay qolishining eng asosiy sabablari bilan tanishing.
1. Noto‘g‘ri tish yuvish texnikasi
Ko‘pchilik tishlarini juda tez — 30–40 soniyada yuvib chiqadi. Bu esa yetarli emas.
Muhimi:
- tishni kamida 2–3 daqiqa yuvish
- to‘g‘ri texnikadan foydalanish
❌ Xato usul:
Cho‘tkani chapga-o‘ngga “arralagandek” harakatlantirish
👉 Bu tish emalini yemiradi va sarg‘ayishni kuchaytiradi
✅ To‘g‘ri usul:
Cho‘tkani milkdan tishga qarab supurgandek harakatlantirish
👉 Bu tishlarni samarali tozalaydi va zarar bermaydi
2. Oziqlanish va kislota ta’siri
Tishlarning rangi nafaqat gigiyenaga, balki ovqatlanish odatlariga ham bog‘liq.
Quyidagilar tish sarg‘ayishiga olib keladi:
- shirin choy va shakarli ichimliklar
- gazli ichimliklar
- tez-tez shirinlik iste’mol qilish
👉 Ayniqsa tish yuvgandan keyin shirin yoki gazli ichimlik ichish tishlarni kislota hujumiga uchratadi
3. Tish orasini tozalamaslik
Ko‘pchilik bilmaydi:
👉 Tish cho‘tkasi tishlarning faqat 60% qismini tozalaydi
Qolgan joylar:
- tish orasida
- qiyin yetiladigan hududlarda
👉 aynan shu joylarda kariyes boshlanadi







