Tishlarni tekislashda eng ko‘p qo‘llaniladigan usullar — bu breket va elayner (kappa).
Ko‘pchilikni qiziqtiradigan savol: qaysi biri yaxshiroq, qulayroq va qimmatroq?
Quyida ularni oddiy va tushunarli qilib solishtirib beramiz.
Qaysi biri qimmatroq?
Breket ham qimmat bo‘lishi mumkin, lekin uning narxi odatda oldindan aniq belgilanadi.
Elayner esa boshqacha:
- har bir bemor uchun individual tayyorlanadi
- nechta kappa kerak bo‘lishiga qarab narx o‘zgaradi
👉 Shuning uchun elayner narxini oldindan aniq aytish qiyin, u diagnostikadan keyin belgilanadi.
Qaysi biri ko‘proq parvarish talab qiladi?
👉 Breket ko‘proq e’tibor talab qiladi
Sababi:
- ovqat qoldiqlari breket orasida qolib ketadi
- har ovqatdan keyin yaxshilab tozalash kerak
Elaynerda esa:
- ovqat yeganda yechib qo‘yiladi
- keyin yana taqiladi
👉 Shu sabab elayner gigiyena jihatidan qulayroq
Qaysi biri tezroq natija beradi?
👉 Elayner tezroq natija berishi mumkin
Chunki:
- bosim bir tekis taqsimlanadi
- bemor to‘g‘ri taqsa, jarayon tezlashadi
Qaysi biri qulayroq?
👉 Bu bemorga bog‘liq
Agar bemor:
- intizomli bo‘lsa
- elaynerni vaqtida taqsa
👉 Elayner juda qulay
Lekin:
👉 Breket:
- doimiy turadi
- bemor unutib qo‘ymaydi
- mutaxassis nazoratida bo‘ladi
Qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz?
Ko‘pchilik elaynerni qulayligi uchun tanlaydi.
Lekin hozirgi zamonaviy breketlar ham juda rivojlangan:
- o‘zini sozlovchi (self-ligating)
- keramika breketlar
- og‘riqsiz va kam seziladi
- tashqi ko‘rinishda deyarli bilinmaydi
👉 Eng muhimi — bemor 2 oyda bir marta ko‘rikka kelib turishi kifoya







