Ko‘pchilik “to‘y oldidan breket qo‘ydirish mumkinmi” degan savol bilan ikkilanadi va to‘g‘ri qaror qilishda qiynaladi. “To‘yim yaqin, breket qo‘ydirsam bo‘ladimi?” Dentista mutaxassislari javobi: albatta, mumkin. Eng muhimi — davolashni to‘g‘ri rejalash.
Breket qo‘ydirishdan oldin qanday tayyorgarlik qilish kerak? Ortodontik davolashdan oldin quyidagilar muhim: karieslarni davolash, kerak bo‘lsa tish olib tashlash, og‘iz bo‘shlig‘ini to‘liq tekshirtirish. bu bosqichlar natijaga katta ta’sir qiladi.
Breket qo‘ydirgandan keyin davolashni davom ettirish mumkinmi? Ha, mumkin. Breket bilan kundalik hayot davom etadi, nazorat va korreksiyalar muntazam olib boriladi, davolash jarayoni uzluksiz davom etadi. bu jarayon xavfsiz hisoblanadi.
Qaysi breket yaxshiroq: metall, keramik yoki safir? Metall breket — eng arzon variant, lekin ko‘rinadi. Keramik breket — tish rangiga yaqin, kamroq bilinadi. Safir breket — deyarli ko‘rinmaydi, estetik jihatdan eng chiroyli. to‘y oldidan eng yaxshi tanlov — keramik yoki safir breketlar.
Eng ko‘p uchraydigan xato metall breket qo‘ydirib, keyin vaqtincha yechmoqchi bo‘lish. ❌ lekin breket yechib-taqiladigan tizim emas. bu jarayon faqat shifokor nazoratida amalga oshiriladi.






