Ko‘pchilik “plomba yoki kronka qaysi yaxshi?” degan savol bilan murojaat qiladi.
“Tishga yana plomba qo‘ysa bo‘lmaydimi?” deb o‘ylashadi.
Lekin ayrim holatlarda oddiy plomba endi yetarli bo‘lmaydi.
ayniqsa tishda ikkilamchi karies paydo bo‘lsa.
Ikkilamchi karies nima? Ikkilamchi karies — eski plomba atrofi yoki ostida yana karies paydo bo‘lishidir.
Bunday holatda:
- eski plombani olib tashlashga to‘g‘ri keladi
- zararlangan qism tozalanadi
- tish hajmi kichrayadi
natijada tish devorlari yupqalashadi.
Nega yupqalashgan tish xavfli? Yupqalashgan tish chaynashdagi bosimni ko‘tara olmaydi, yorilishi mumkin, sinib ketish xavfi yuqori bo‘ladi.
ayniqsa katta plombali tishlarda bu holat ko‘p uchraydi.
Qachon tishga kronka qo‘yiladi? Shunday holatlarda stomatologlar tishni saqlab qolish uchun kronka tavsiya qiladi.
Kronka:
- tishni to‘liq himoya qiladi
- chaynash bosimini teng taqsimlaydi
- sinish xavfini kamaytiradi
- uzoq muddat xizmat qiladi
eng muhimi: tishni saqlab qolishga yordam beradi.
Kronka nima uchun muhim? Ko‘pchilik kronkani faqat chiroy uchun deb o‘ylaydi.
Lekin aslida:
kronkaning asosiy vazifasi — zaiflashgan tishni himoya qilish.
Agar vaqtida kronka qilinmasa:
- tish sinishi mumkin
- keyinchalik olib tashlashga to‘g‘ri keladi
- implant yoki murakkab davolash kerak bo‘lishi mumkin
shu sababli vaqtida davolash juda muhim.
Kronka qo‘yilgandan keyin tish qancha xizmat qiladi? To‘g‘ri tayyorlangan va sifatli kronka:
- uzoq yillar xizmat qilishi mumkin
- chaynash funksiyasini tiklaydi
- tishni himoya qiladi
- kundalik qulaylikni oshiradi
eng muhimi: o‘z tishingiz saqlanib qoladi.
Plomba va kronka o‘rtasidagi farq
Plomba:
- kichik yemirilishlarda qo‘llaniladi
- tishning bir qismini tiklaydi
Kronka:
- katta yemirilgan tishlarda tavsiya qilinadi
- tishni to‘liq qoplaydi va himoya qiladi
qaysi usul kerakligi tish holatiga bog‘liq bo‘ladi.







