Ko‘pchilik “viner qo‘yish mumkinmi” degan savol bilan qidiradi. “Pul bo‘lsa — viner qo‘yib chiroyli tabassum qilish mumkin” Lekin bu noto‘g‘ri fikr. Viner har doim ham hamma uchun to‘g‘ri kelavermaydi.
Qachon viner qo‘yish mumkin emas? Amaliyotimizda shunday holat bo‘ldi: bemor viner qo‘ydirish istagi bilan murojaat qildi. Tekshiruv davomida: milklar cho‘kkan, tish bo‘yin qismi ochilgan, tish sezuvchanligi yuqori, emal qatlami yemirilgan. bu holatda viner qo‘yish tibbiy jihatdan noto‘g‘ri.
Nega viner qo‘yilmadi? Chunki asosiy muammo hal qilinmagan. Agar bu holatda viner qo‘yilsa: og‘riq kuchayadi, tish holati yomonlashadi, natija uzoq muddatga yetmaydi. ya’ni bemorga zarar yetadi.
To‘g‘ri yechim qanday tanlandi? Bemor uchun individual davolash rejasi tuzildi: muammoli tishlar olib tashlandi, darhol implantatsiya amalga oshirildi. bu eng to‘g‘ri klinik qaror bo‘ldi.
Davolash bosqichlari 1️⃣ Implantlar o‘rnatildi, 2️⃣ 2 oy davomida suyak bilan birikdi, 3️⃣ Rentgen orqali nazorat qilindi.
Vaqtinchalik kronkalar nima uchun kerak? bemorning hayot sifatini saqlash uchun. Bizda: ✔️ har bir tish uchun alohida kronka tayyorlanadi. Bu gapirishni osonlashtiradi, ovqat yeyishni yaxshilaydi va estetikani saqlaydi.
Yakuniy natija Davolash yakunida: old tishlarga E-max kronkalar, orqa tishlarga zirkon kronkalar. Umumiy: 4 ta implant, 8 ta zirkon kronka, 20 ta E-max kronka. bemor sog‘lom va chiroyli tabassumga ega bo‘ldi.






