Plomba yoki kronka — qaysi biri kerak?

Ko‘pchilik “plomba yoki kronka qaysi yaxshi?” degan savol bilan murojaat qiladi.

“Tishga yana plomba qo‘ysa bo‘lmaydimi?” deb o‘ylashadi.

Lekin ayrim holatlarda oddiy plomba endi yetarli bo‘lmaydi.

ayniqsa tishda ikkilamchi karies paydo bo‘lsa.

Ikkilamchi karies nima? Ikkilamchi karies — eski plomba atrofi yoki ostida yana karies paydo bo‘lishidir.

Bunday holatda:

  • eski plombani olib tashlashga to‘g‘ri keladi
  • zararlangan qism tozalanadi
  • tish hajmi kichrayadi

natijada tish devorlari yupqalashadi.

Nega yupqalashgan tish xavfli? Yupqalashgan tish chaynashdagi bosimni ko‘tara olmaydi, yorilishi mumkin, sinib ketish xavfi yuqori bo‘ladi.

ayniqsa katta plombali tishlarda bu holat ko‘p uchraydi.

Qachon tishga kronka qo‘yiladi? Shunday holatlarda stomatologlar tishni saqlab qolish uchun kronka tavsiya qiladi.

Kronka:

  • tishni to‘liq himoya qiladi
  • chaynash bosimini teng taqsimlaydi
  • sinish xavfini kamaytiradi
  • uzoq muddat xizmat qiladi

eng muhimi: tishni saqlab qolishga yordam beradi.

Kronka nima uchun muhim? Ko‘pchilik kronkani faqat chiroy uchun deb o‘ylaydi.

Lekin aslida:

kronkaning asosiy vazifasi — zaiflashgan tishni himoya qilish.

Agar vaqtida kronka qilinmasa:

  • tish sinishi mumkin
  • keyinchalik olib tashlashga to‘g‘ri keladi
  • implant yoki murakkab davolash kerak bo‘lishi mumkin

shu sababli vaqtida davolash juda muhim.

Kronka qo‘yilgandan keyin tish qancha xizmat qiladi? To‘g‘ri tayyorlangan va sifatli kronka:

  • uzoq yillar xizmat qilishi mumkin
  • chaynash funksiyasini tiklaydi
  • tishni himoya qiladi
  • kundalik qulaylikni oshiradi

eng muhimi: o‘z tishingiz saqlanib qoladi.

Plomba va kronka o‘rtasidagi farq

Plomba:

  • kichik yemirilishlarda qo‘llaniladi
  • tishning bir qismini tiklaydi

Kronka:

  • katta yemirilgan tishlarda tavsiya qilinadi
  • tishni to‘liq qoplaydi va himoya qiladi

qaysi usul kerakligi tish holatiga bog‘liq bo‘ladi.

Plomba yoki kronka — qaysi biri kerak?

Xulosa

  • har doim ham plomba yetarli bo‘lavermaydi
  • katta plombali tishlar sinish xavfi ostida bo‘ladi
  • kronka — tishni uzoq muddat saqlab qolish usuli

Eng muhimi: davolashni vaqtida boshlash.

Ko‘p so‘raladigan savollar (FAQ)

Qachon plomba yetarli bo‘lmaydi?
— Tishda katta yemirilish yoki ikkilamchi karies bo‘lsa.

Nega tishga kronka qo‘yiladi?
— Tishni sinishdan saqlash va uzoq muddat xizmat qilishi uchun.

Kronka foydalimi?
— Ha, u tishni himoya qilib uzoq muddat saqlab qolishga yordam beradi.

Plomba yoki kronka qaysi yaxshi?
— Bu tishning holatiga bog‘liq. Ayrim hollarda kronka eng to‘g‘ri yechim bo‘ladi.

Dentista tavsiya qiladi
eski plombali tishlarni muntazam tekshirtirib turing
tishni vaqtida saqlab qolish muhim
Hoziroq konsultatsiyaga yoziling

Plomba yoki kronka — qaysi biri kerak?Plomba yoki kronka — qaysi biri kerak?
stomotologiya toshkent

Bepul konsultatsiya

Boshqa maqolalar

To‘y oldidan breket qo‘ydirish mumkinmi?

To‘y oldidan breket qo‘ydirish mumkinmi?

Ko‘pchilik “to‘y oldidan breket qo‘ydirish mumkinmi” degan savol bilan ikkilanadi va to‘g‘ri qaror qilishda qiynaladi. “To‘yim yaqin, breket qo‘ydirsam bo‘ladimi?” Dentista mutaxassislari javobi: albatta, mumkin. Eng muhimi — davolashni to‘g‘ri rejalash. Breket qo‘ydirishdan oldin qanday tayyorgarlik qilish kerak? Ortodontik davolashdan oldin quyidagilar muhim: karieslarni davolash, kerak bo‘lsa tish olib tashlash, og‘iz bo‘shlig‘ini to‘liq tekshirtirish. bu bosqichlar natijaga katta ta’sir qiladi. Breket qo‘ydirgandan keyin davolashni davom ettirish mumkinmi? Ha, mumkin. Breket bilan kundalik hayot davom etadi, nazorat va korreksiyalar muntazam olib boriladi, davolash jarayoni uzluksiz davom etadi. bu jarayon xavfsiz hisoblanadi. Qaysi breket yaxshiroq: metall, keramik yoki safir? Metall breket — eng arzon variant, lekin ko‘rinadi. Keramik breket — tish rangiga yaqin, kamroq bilinadi. Safir breket — deyarli ko‘rinmaydi, estetik jihatdan eng chiroyli. to‘y oldidan eng yaxshi tanlov — keramik yoki safir breketlar. Eng ko‘p uchraydigan xato metall breket qo‘ydirib, keyin vaqtincha yechmoqchi bo‘lish. ❌ lekin breket yechib-taqiladigan tizim emas. bu jarayon faqat shifokor nazoratida amalga oshiriladi.

Breket narxi nimaga bog‘liq?

Breket narxi nimaga bog‘liq?

Ko‘pchilik shunday savol beradi: “Nega ba’zi joylarda breket arzon, boshqalarda esa qimmatroq?” Bu yerda muhim narsani tushunish kerak: breket qo‘ydirish — bu oddiy apparat o‘rnatish emas, balki kompleks davolash jarayoni. Ya’ni siz faqat breket emas, balki: shifokor tajribasi, to‘g‘ri diagnostika, individual yondashuv, yakuniy natija uchun to‘layapsiz. Breket narxi qancha va nimaga qarab o‘zgaradi? Breket narxi quyidagi omillarga bog‘liq: shifokorning tajribasi, klinikaning darajasi, ishlatiladigan texnologiyalar, diagnostika sifati, beriladigan kafolat. shu sababli narxlar har joyda turlicha bo‘ladi. Arzon breket xavflimi? Ko‘pincha quyidagi holat uchraydi: arzon breket qo‘ydirgan bemorlar keyinchalik qayta murojaat qiladi. Sabablari: noto‘g‘ri qo‘yilgan tizim, yetarli diagnostika qilinmagan, individual reja tuzilmagan, tajriba yetishmasligi. natijada davolashni boshidan boshlashga to‘g‘ri keladi, bu esa vaqt va xarajatni oshiradi. To‘g‘ri ortodontik davolash qanday bo‘ladi? Sifatli davolash quyidagilarni o‘z ichiga oladi: to‘liq diagnostika (rentgen, foto protokol), individual davolash rejasi, muntazam nazorat va korreksiya, estetik va funksional natija. bu oddiy breket qo‘yish emas. Faqat tish emas, butun yuz bilan ishlash Zamonaviy ortodontiyada: faqat tishlarni tekislash emas, balki: yuz simmetriyasi, jag‘ holati, umumiy estetika ham hisobga olinadi. bu esa natijani yanada mukammal qiladi.

Viner hamma uchun mos keladimi?

Viner hamma uchun mos keladimi?

Ko‘pchilik “viner qo‘yish mumkinmi” degan savol bilan qidiradi. “Pul bo‘lsa — viner qo‘yib chiroyli tabassum qilish mumkin” Lekin bu noto‘g‘ri fikr. Viner har doim ham hamma uchun to‘g‘ri kelavermaydi. Qachon viner qo‘yish mumkin emas? Amaliyotimizda shunday holat bo‘ldi: bemor viner qo‘ydirish istagi bilan murojaat qildi. Tekshiruv davomida: milklar cho‘kkan, tish bo‘yin qismi ochilgan, tish sezuvchanligi yuqori, emal qatlami yemirilgan. bu holatda viner qo‘yish tibbiy jihatdan noto‘g‘ri. Nega viner qo‘yilmadi? Chunki asosiy muammo hal qilinmagan. Agar bu holatda viner qo‘yilsa: og‘riq kuchayadi, tish holati yomonlashadi, natija uzoq muddatga yetmaydi. ya’ni bemorga zarar yetadi. To‘g‘ri yechim qanday tanlandi? Bemor uchun individual davolash rejasi tuzildi: muammoli tishlar olib tashlandi, darhol implantatsiya amalga oshirildi. bu eng to‘g‘ri klinik qaror bo‘ldi. Davolash bosqichlari 1️⃣ Implantlar o‘rnatildi, 2️⃣ 2 oy davomida suyak bilan birikdi, 3️⃣ Rentgen orqali nazorat qilindi. Vaqtinchalik kronkalar nima uchun kerak? bemorning hayot sifatini saqlash uchun. Bizda: ✔️ har bir tish uchun alohida kronka tayyorlanadi. Bu gapirishni osonlashtiradi, ovqat yeyishni yaxshilaydi va estetikani saqlaydi. Yakuniy natija Davolash yakunida: old tishlarga E-max kronkalar, orqa tishlarga zirkon kronkalar. Umumiy: 4 ta implant, 8 ta zirkon kronka, 20 ta E-max kronka. bemor sog‘lom va chiroyli tabassumga ega bo‘ldi.

DENTISTA
Professional Dental Clinic